Bugungi uchinchi o‘lim. Koronavirus qurbonlari soni 57 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatdagi 57-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi 56 yoshli D.S. (erkak) bir hafta davomida tana harorati ko‘tarilib, holsiz bo‘lgan. 

So‘ngra bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi bilan ham og‘rigan. Xastalik o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing