Bugungi ikkinchi o‘lim. Koronavirus qurbonlari soni 26 nafarga yetdi
Jamiyat
−
30 iyun 2020
13552O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi yuqtirgan yana bir bemor vafot etdi. Mamlakatda COVID-19 qurbonlari soni 26 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qoraqalpag‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi, 62 yoshli B.Ya. (erkak) joriy yil 10 iyun kuni Qozog‘istondan kelganligi sababli Karantin markaziga joylashtirilgan. 15 iyun kuni esa hamroh kasalliklari tufayli Yakkasaroy tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
19 iyun kuni unda koronavirus aniqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda o‘tgan kunlar davomida reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan.
Unga yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak, buyrak, jigar yetishmovchiligi kabi qator kasalliklar bo‘yicha tashxis qo‘yilgan.
Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli yetakchi shifokorlar, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi