Bugungi ikkinchi o‘lim. Buxorolik ayol koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan ikkinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatda koronavirusdan vafot etgan 31-bemor bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol  D.Sh. joriy yil 1 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “Ikki tomonlama  pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja” tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Avvalroq, 65 yoshli Toshkentda yashovchi erkak vafot etgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

594

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing