Bugungi asteroid haqidagi gaplar asoslimi?
Bu qiziq
−
29 aprel 2020
14007Rossiya Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy xodimi Boris Shustovning so‘zlariga ko‘ra, astronomlar Yer yaqinidan uchib o‘tuvchi katta asteroidni kuzatishni rejalashtirmoqdalar. Ularning fikricha ushbu asteroid Yerga umuman xavf tug‘dirmaydi.
Diametri 1,8 dan 4 kilometrgacha bo‘lgan 1998 OR2 asteroidi 29 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 15.56 da Yerga minimal masofada yaqinlashadi. U bilan sayyora orasidagi masofa taxminan 6,29 million kilometrni tashkil qiladi. Bu oyga bo‘lgan masofadan 16 baravar uzoqroqdir.
“Har bir samodagi harakat fan uchun juda qiziq. Ushbu asteroidni yuz millionlab kilometr masofadan kuzatishning keragi yo‘q. Bugun u Yerda juda yaqin bo‘ladi. Kuzatuv ham optik , ham radiochastotalik kuzatuv dasturi bo‘ladi” deydi olim Boris Shustov.
Olimning fikricha, ushbu asteroidning bu tarzda yerga yaqin o‘tuvchi orbitasiga Yupiter gravitatsiyasi sabab. Gigant sayyoraning kuchli gravitatsiyasi Asteroidlar belbog‘idagi ba’zi shunday katta osmon jismlariga katta ta’sir qiladi.
“Bu “maxluq“ qayerdan paydo bo‘ldi? Asteroidlar asosan asteroidlar halqasidan Yupiter gravitatsiyasi sabab kelib chiqadi”, deya tushuntirdi olim.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu asteroid bilan bog‘liq aholi o‘rtasida vahima uyg‘otuvchi xabarlar yolg‘on. Uni Yerga tushish ehtimoli yuqorida keltirilganidek deyarli mavjud emas.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15