Bugundan yerusti metro liniyasidagi “Do‘stlik 2 - Qo‘yliq” yo‘nalishi ishga tushdi

Jamiyat

image

Toshkent metropoliteni yangi yerusti halqa yo‘lining “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha harakat 30 avgust soat 06:00 dan yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, “Do‘stlik” bekatidan “Do‘stlik-2” bekatiga o‘tish bepul.

29 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.

“Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan mazkur yo‘nalish uzunligi 11 kilometr bo‘lib, 7 ta bekat barpo etilgan. Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Ushbu yo‘nalish kuniga 46 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing