Bugundan Registonga kirish vaqti cheklandi
Jamiyat
−
20 iyul 2019 5610 1 daqiqa
Bugun, 20 iyuldan boshlab Samarqand shahridagi Registon Ansambliga kirish vaqti cheklandi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.
Registon ansambli ma’muriyatining ma’lum qilishicha, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish munosabati ansamblga faqat 11:00 dan 17:00 gacha kirishga ruxsat beriladi.
Qolgan vaqtlarda ansamblda “Sharq taronalari”ga tayyorgarlik ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, 26-30 avgust kunlari Samarqandda 12-marotaba “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr