Bugundan barcha gaz “zapravka”lar ochiladi

Jamiyat

image

Bugun, 7 mart kunidan boshlab O‘zbekistondagi barcha gaz “zapravka”lar ochiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

“Tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan e’tiboran mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni respublika hududlarida havo haroratining pasayishi oqibatida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilayotganini inobatga olgan holda barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilgandi. 22 fevraldan boshlab O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanishi aytildi


Maqola muallifi

Teglar

zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing