Bugundan abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 avgustdan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz) laridan olishlari mumkin.

“Abituriyentlardan ruxsatnomalarni avgust oyi yakuniga qadar yuklab olib, chop etib olishlarini so‘raymiz”, deyiladi Davlat test markazi xabarida.

Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

“Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM abiturient DTM

Baholaganlar

240

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing