Bugun Yerda juda kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi

Salomatlik

image

Bugun, 4 iyun kuni quyoshdagi kuchli X sinf chaqnashlari oqibatida ajralib chiqqan plazma oqimi Yer ionosferasiga yetib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, chaqnashlar oqibatida sayyorada 6–7 ballik kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Mutaxassislarning qayd etishicha, plazma oqimining Yer magnit maydoni bilan to‘qnashuvi vaqtida ayrim insonlarda uyqu sifati pasayishi, charchoq hissi kuchayishi hamda yurak urishi ritmida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

Shu munosabat bilan mutaxassislar fuqarolarga salomatligiga e’tiborli bo‘lishni, ortiqcha jismoniy va ruhiy zo‘riqishlardan saqlanishni tavsiya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq quyoshning orqa tomonida yirik dog‘lar guruhi shakllangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Er magnit bo'ron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing