Bugun YeCHL guruh bosqichiga qur’a tashlanadi

Sport

image

Bugun, 26 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Turkiyaning Istanbul shahrida UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.  Unda “Chelsi” sobiq futbolchilari Maykl Essen va Branislav Ivanovich ishtirok etadi.

Jamoalar reyting ochkolariga qarab, 4 ta savatchaga joylashtirilgan. Birinchi savatchada Chempionlar ligasi g‘olibi “Chelsi”, Yevropa ligasi g‘olibi “Vilyarreal”, shuningdek, kuchli oltilik chempionati g‘oliblari: “Manchester Siti” (Angliya), “Atletiko” (Ispaniya), “Inter” (Italiya), “Bavariya” (Germaniya), “Lill” (Fransiya), “Sporting” (Portugaliya) joy olgan. Ikkinchi savatchadan esa, “Real”, “Barselona”, “Yuventus”, “Borussiya D”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, PSJ va “Sevilya” klublari o‘rin egallagan.

YeCHLning o‘tgan mavsumdagi g‘olibi “Chelsi” APLda 4-o‘rinni egallagani sababli “Beshiktosh” Turkiya chempioni sifatida guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oldi. Agar Angliya Premer ligasida ikkinchi o‘rinni egallagan “Manchester Yunayted” Yevropa ligasi finalida g‘alaba qozonganida, fransiyaning “Monako” klubi guruh bosqichiga yo‘l olgan bo‘lardi. Biroq finalda “Vilyarreal” g‘alaba qozondi va Ispaniyadan maksimal ravishda beshta klub ishtirok etishini ta’minladi. Shuningdek, Moldovaning “Sheriff Tiraspol” jamoasi o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, YeCHL finali 2022 yilning 28 may kuni Sankt-Peterburg shahridagi “Krestovskiy” stadionida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Chelsi UEFA Chempionlar ligasi Qur'a tashlash marosimi

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing