Bugun o‘zbekistonlik tayekvondochilar xalqaro turnirdagi ishtirokini boshlaydi

Sport

image

Bugun, 11 mart kuni Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida tayekvondo WT bo‘yicha “Dutch Open” xalqaro musobaqa bahslari boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Turnirda O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi. O‘zbekistonlik sportchilarga musobaqaning dastlabki bosqichida kimlar raqiblik qilishi ma’lum bo‘ldi.

-68 kg: Niyoz Po‘latov – Miroslav Frgolech (Slovakiya); 

-74 kg: Ulug‘bek Rashidov – Oleksandr Papatsenko (Ukraina);

-74 kg: Jasur Jaysunov – Alexandro Ernandes (Ispaniya);

-80 kg: Shuhrat Saloyev – Karim al-Hisnavi (Niderlandiya) / Rikardo Suzuki (Yaponiya); 

-87 kg: Nikita Rafalovich – Erdin Bukich (Shvetsiya); 

-49 kg: Madinabonu Mannopova – Sharon Vakoli (Keniya);

-67 kg: Feruza Sodiqova – Ikra Kayir (Turkiya); 

+73 kg: Svetlana Osipova – Yun Pan (Xitoy Taipeyi) / Sara di Sinno (Germaniya).

Eslatib o‘tamiz, “Dutch open” xalqaro turniri ertaga, 12 mart kuni yakunlanadi. Ushbu musobaqa nihoyasiga yetgach, O‘zbekiston jamoasi Belgiyaning Lommel shahrida “Belgian open” musobaqasidagi ishtirokini boshlaydi. Ikki turnir ham Parij-2024 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ulug'bek Rashidov taekvondo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing