Bugun o‘zbekistonlik sportchilar Olimpiadadagi ishtirokini boshlaydi
Sport
−
14 fevral 1771 1 daqiqa
Bugun, 14 fevral kuni Milan-Kortina – 2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining rasmiy 8 kun bahslari bo‘lib o‘tadi. Kun doirasida o‘zbekistonlik sportchilar Medet Nazarov va Daniil Yeybog Olimpiadadagi ishtirokini boshlaydi.
Medet Nazarov Toshkent vaqti bilan 14:00 da gigant-slalomdagi dastlabki startini amalga oshiradi. Daniil Yeybog esa 15 fevralga o‘tar kechasi 00:15 da short-trek bo‘yicha 1500 metr masofadagi chorak final bahsini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro konkichilar ittifoqi qishki Olimpiya o‘yinlari dasturlari kesimida litsenziyalar taqsimotini qayta amalga oshirgandan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi Daniil Yeybog 1500 metr masofada ham ishtirok etishi tasdiqlangandi.
Live
Barchasi