Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Bugun o‘zbekistonlik shaxmatchilar xalqaro turnir mezbonlariga qarshi dona suradi

Sport

image

Niderlandiya mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turniri tobora o‘z poyoniga yetib bormoqda. Bugun, 26 yanvar kuni musobaqaning 11-tur o‘yinlari boshlanadi.

“Masters” guruhida yetakchi bo‘lib turgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 11-turda turnirdagi eng yaqin ta’qibchisi Niderlandiya vakili Anish Giriga qarshi bahs olib boradi. O‘n bir imkoniyatdan Abdusattorov 7 ochko to‘plagan bo‘lsa, Giri 6,5 ochkoga ega.

“Challenger” guruhida kuchlilar qatorida borayotgan Javohir Sindorov 10-turda mezbon shaxmatchi Ervin Laviga qarshi qora donalarda harakatlanib, durangga imzo chekdi. Bugun Sindorov yana bir mezbonlar vakili Mak Varmerdamga qarshi bahs olib boradi. Ayni vaqtda Javohir 6,5 ochko bilan o‘z guruhida 3-pog‘onani band etib turibdi. Uning bugungi raqibi esa 4,5 ochko bilan 10-o‘rindan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Nodirbek Abdusattorov jahonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi xitoylik Din Lijenga qarshi o‘ynab, murosa yo‘lini tanlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing