Bugun o‘zbekistonlik bokschilar Olimpiadada 2 ta medalni naqd qilishi mumkin
Sport
−
01 avgust
28752Parijda o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlarining navbatdagi kunida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi musobaqalarda o‘z chiqishini amalga oshiradi.
Dzyudo bahslarida erkaklardan Muzaffarbek To‘raboyev ayollardan esa Irisxon Qurbonboyeva turnirdagi yurishini boshlaydi.
Bokschilardan Ruslan Abdullayev va Lazizbek Mullojonov chorak final janglarida qatnashadi. -63,5 kg dagi Abdullayevga kanadalik Uayt Sanford raqiblik qilsa, -92 kg Mullojonov braziliyalik Keno Mashado bilan bahs olib boradi. Chorak finaldagi g‘alaba orqali har ikki bokschi Olimpiadaning bronza medalini naqd qiladi.
Akademik eshkak eshuvchi Anna Prakaten bugungi kun dasturida yarim final bosqichida ishtirok etadi. Final yo‘llanmasi uchun kurashadigan Prakaten ishtirokidagi eshkak eshish bahslari Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da start oladi.