Bugun o‘zbekistonlik bokschilar 12 ta oltin medal uchun ringga chiqadi

Sport

image

Bugun, 26 fevral kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan boks nufuzli “Stranja” turniri yakunlanadi. Musobaqaning oxirgi kunida 12 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun bahs olib boradi.

Jumladan, Olimpiada chempionlari Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov, jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov ham chempionlik uchun ringga ko‘tariladi, shuningdek, Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, Adhamjon Muhiddinov, Mujibillo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Bekzod Hamidov,Saidjamshid Jafarov va Shohjahon Abdullayev turnining hal qiluvchi bahsida qatnashadi.

Qizlar o‘rtasida -48 kg vazn toifasida Saidaxon Rahmonova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Kun dasturida Rahmonova ham hal qiluvchi bahsda ishtirok etadi. 

O‘zbekiston vakillaridan Shunqor Abdurasulov, Nurislom Ismoilov,  Havasbek Asadullayev, Jasurbek Yo‘ldoshev va Dilshod Abdumurodov turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Qizlardan -63 kg vaznda Xadichabonu Abdullayeva 3-o‘ringa ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 19 fevralda boshlangan, “Kichik Jahon chempionati” deb ataladigan chempionatda o‘zbekistonlik bokschilar sermahsul natija qayd etmoqda. To‘lqin Qilichev shogirdlari ishtirokchi mamlakatlar orasida eng ko‘p final yo‘llanmasiga ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bahodir Jalolov Hasanboy Do'smatov Stranja turniri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing