Bugun O‘zbekistonda 5 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 mart kunduzi O‘zbekistonda G3 darajali 5 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar bo‘yicha mutaxassis, doktorant Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, magnit bo‘ronining G3 darajadagi yuqori faolligi bugun tush paytida kutilmoqda. Bu  omilning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun, magnit bo‘ronlari G3 darajali davrida ayrim odamlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og‘riq kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston magnit bo'ron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing