Bugun O‘zbekistonda 321 ta holatda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 oktyabr kuni O‘zbekistonda 321 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 509 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun: Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand, Namangan,  Qashqadaryo, Andijon, Jizzax viloyatlarida 358 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 61 419 nafar bemordan 58 427 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 483 nafar bemordan 318 nafari og‘ir, 107 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

368

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing