Bugun O‘zbekiston jamoasi Benzemaga qarshi o‘ynaydi
Sport
−
27 noyabr 2023 10291 1 daqiqa
Bugun, 27 noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasida O‘zbekistonning OKMK jamoasi o‘z uyida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasini qabul qiladi.
“C” guruhidan o‘rin olgan mazkur bahsda Saudiya klubining bir qator yulduz futbolchilari, jumladan “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzema ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Kecha, 26 noyabr kuni Saudiya klubi Toshkent shahridagi “JAR” stadionida o‘yinoldi mashg‘ulot o‘tkazdi. Jamoa mashg‘ulotlarida mashhur futbol yulduzlari Karim Benzema, Fabinyo va boshqa bir qator taniqli futbolchilar ko‘rinish berdi.
Ma’lumot uchun, OKMK-“Al-Ittihod” bahsi soat 21:00 da start oladi. Uchrashuv Olmaliq shahridagi markaziy stadionda o‘tkaziladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025