Bugun O‘zbekiston Urugvayga qarshi to‘p suradi
Sport
−
22 mart 2019
5504Xabaringiz bor, Xitoyning Nanning shahrida “China Cup-2019” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqa yarim final va final o‘yinlaridan iborat bo‘ladi. Turnirda mezbon Xitoydan tashqari, Urugvay, O‘zbekiston va Tayland terma jamoalari ham ishtirok etmoqda.
Kecha musobaqaning ilk yarim final o‘yini o‘tkazildi. Unda Xitoy terma jamoasi Taylandga qarshi bahs olib borib, kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shunday qilib Tayland 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bugun turnirning ikkinchi yarim final uchrashuvida Taylandning finaldagi raqibi aniqlanadi. Bu bahsda Ektor Kuper murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:35da Nanning shahridagi “Guanxi Sports Centre” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston avval ham Urugvayga qarshi bahs olib borgan edi. 2018 yilning may oyida Montevideo shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zbek futbolchilari 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
LiveBarchasi