Bugun O‘zbekiston U-23 yana Gonkongga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 25 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahri mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlari doirasidagi futbol uchrashuvlarining navbatdagi turi start oladi. Unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Gonkongga qarshi ikkinchi o‘yinini o‘tkazadi. 

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Gonkong futbolchilari o‘rtasidagi bahsda qanday hisob qayd etilmasin, ularning har ikkalasi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oladi. Ayni paytda faqat 1-o‘rindagi jamoa nomini aniqlash qolgan, xolos. 

Gap shundaki, dastlab O‘zbekiston guruhda Afg‘oniston, Gonkong va Suriya vakillari bilan o‘ynashi kerak edi, biroq Afg‘oniston va Suriya musobaqada ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Shu sababli O‘zbekiston va Gonkong terma jamoalari ikkita o‘yin orqali guruhdagi g‘olibni aniqlab oladigan bo‘ldi.

Dastlabki o‘yin O‘zbekistonning 1:0 ko‘rinishidagi g‘alabasi bilan kunlandi. Bugun, qaysi jamoa ko‘proq gol ursa, o‘sha 1-o‘rin bilan guruhdan chiqadi.

Ma’lumot uchun, mazkur jamoalar Osiyo o‘yinlarida bunga qadar 4 bor uchrashgan. 1994 yilgi o‘yinlarda O‘zbekiston Gonkongni 1:0 ko‘rinishida yutgan bo‘lsa, 2010 yilda Gonkong shu hisobda g‘alabaga erishgan. 2014 yilda durang, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida esa O‘zbekiston 3:0 ko‘rinishida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Gonkong O'zbekiston U-23 Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing