Husanov “Siti”ning yangi safar libosining taqdimotida qatnashdi (video)

Sport

image

“Manchester Siti” va Puma sport brendi jamoaning 2026-2027 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi safar libosini taqdim etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Libosning taqdimoti klubning Gonkongda o‘tayotgan mavsumoldi yig‘ini doirasida bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov ham ishtirok etdi.

Yangi libos qora va sariq ranglarda ishlangan bo‘lib, unda Manchester shahrining eng mashhur ramzlaridan biri – asalari timsoli aks etgan. Klub ta’kidlashicha, asalari shaharda futbol paydo bo‘lishidan ancha avval mehnatsevarlik, birdamlik va matonat ramzi sifatida tanilgan.

“2026–2027 yilgi mavsum uchun tayyorlangan safar libosi aynan shu ramzni markazga qo‘yadi. U mehmon stadionlaridagi muhit va Manchester ko‘chalarining o‘ziga xos ruhini o‘zida mujassam etgan. Manchesterda tug‘ilgan bo‘lasizmi yoki bu shaharni o‘zingizga yaqin deb his qilasizmi, asalari siz bizning birimiz ekaningizni anglatadi”, deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Shuningdek, klub mazkur ramzdan foydalanishda Manchester shahar kengashi bilan yaqin hamkorlik qilganini ma’lum qildi. Bu hamkorlik shahar, uning aholisi va klub atrofidagi jamoalar o‘rtasidagi mustahkam aloqani yanada kuchaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, libos kamida 50 foiz qayta ishlangan materiallardan ishlab chiqarilgan.

“Manchester Siti” yangi safar libosidagi ilk uchrashuvini ertaga, 1 avgust kuni mavsumoldi yig‘ini doirasida Milanning “Inter” klubiga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing