Bugun O‘zbekiston Turkmaniston bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 6 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z uyida Turkmaniston bilan bahs olib boradi.

“E” guruhi 5-turi doirasida o‘tkaziladigan o‘yinga Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi. Agar uchrashuvda “oq bo‘rilar” g‘alaba qozonsa, ochkolar sonini 13 taga yetkazib oladi. Mehmonlar esa g‘alaba orqali ochkolarini 4 taga yetkazib olishi mumkin.

Hozirda“E” guruhida Eron va O‘zbekiston bir xil 10 ochkodan jamg‘arib yetakchilik qilmoqda. Turkmaniston va Gongkong hisobida 1 ochkodan mavjud.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Gongkong-Eron bilan kuch sinashadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olsa, O‘zbekiston-Turkmaniston uchrashuvi 19:30 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing