Bugun O‘zbekiston Olimpiya jamoasining Osiyo kubogidagi raqiblari aniq bo‘ladi

Sport

image

Bugun, 23 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida U-23 Osiyo kubogining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning 1-savatidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi qit’a birinchiligidagi raqiblarini bilib oladi.

U-23 O‘zbekiston jamoasidan tashqari 1-savatda mezbon Qatar, Yaponiya va Saudiya Arabistoni o‘rin olgan. Bu degani Temur Kapadze shogirlari guruh bosqichida yuqorida nomlari keltirilgan jamoalar bilan to‘qnash kelmaydi. Qur’a tashlash marosimi soat 14:00 da boshlanadi. 

Keyingi yil aprel oyida start oladigan qit’a birinchiligi sovrindorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Osiyo kubogida 4-o‘rinni egallagan jamoa esa pley-off o‘yinida Afrika vakili Gvineyaga qarshi bahs olib boradi.

Ta’kidlash joiz, Osiyo kubogi 2013 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Musobaqada Avstraliya, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston terma jamoalari uzluksiz qatnashib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Osiyo kubogi Qatar Temur Kapadze O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made