Bugun O‘zbekiston MTJ Malayziyaga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 9 oktyabr kuni Iordaniya poytaxti Ummon shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Malayziyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ayni kunlarda Srechko Katanets boshchiligidagi “oq bo‘rilar” Ummonda yig‘in o‘tkazmoqda. Yig‘in davomida Malayziya va Iordaniyaga qarshi o‘yin o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bunga qadar, O‘zbekiston termasi Malayziya bilan 6 bor to‘qnash kelgan va ularning  5 tasida g‘alaba qozongan. Yana bir bahsda durang natija qayd etgan. To‘plar nisbati o‘zbekistonlik futbolchilar foydasiga – 20:3. So‘nggi bor jamoalar 2009 yilda Osiyo kubogi saralashi doirasida ikki bor to‘qnash kelgan va har ikki bahsda O‘zbekiston 3:1 hisobida zafar quchgan. 

Uchrashuv “Amman Internet Stadium”da Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. Shuningdek, O‘zbekiston joriy yilning 12 oktyabr kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Malayziyaga qarshi uchrashuv Srechko Katanets qo‘l ostidagi 2-bahs bo‘ladi. Bundan avval Stokgolmda Shvetsiya mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston MTJ 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston MTJ Malayziya FIFA Iordaniya Srechko Katanets O'rtoqlik uchrashuvi

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing