Bugun O‘zbekiston Fransiya bilan o‘ynaydi
Sport
−
25 noyabr 2023
9651Bugun, 25 noyabr kuni Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionatining chorak final o‘yinlari yakunlanadi. O‘zbekiston o‘smirlari yarim final yo‘llanmasi uchun fransiyalik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi.
Nimchorak finalda Angliya to‘sig‘idan o‘tgan Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari Fransiyaga qarshi bahsda oq-ko‘k rangli liboslarda harakatlanadi. Darvozabon esa sariq rangli libosda maydonga tushadi.
Uchrashuvni mavritaniyalik hakam Dahane Beida boshqarib boradi. Unga qanotlarda madagaskarlik Dimbiniaina Andriatianarivelo va Togo vakili Jonatan Ahonto yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa gabonlik Pere Atchoga ishonib topshirildi.
O‘zbekiston-Fransiya o‘yiniga Rahmatullayev shogirdlari guruh bosqichidagi o‘yinlarini o‘tkazgan “Manahan” stadioni mezbonlik qiladi. Bahs soat 13:30 da start oladi.