Bugun O‘zbekiston Eron bilan o‘ynaydi
Sport
−
11:47 755 1 daqiqa
Bugun, 24 sentyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Farg‘onada Eronga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv “Istiqlol” stadionida 19:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston va Eron terma jamoalari bunga qadar turli musobaqalar doirasida 18 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarda Eron 10 ta, O‘zbekiston esa 2 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Yana 6 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.
Jamoalarning so‘nggi 6 ta uchrashuvida O‘zbekiston asosiy vaqtda 1 marta, penaltilar seriyasida esa 1 marta g‘alaba qozongan. Eron so‘nggi bor “oq bo‘rilar”ni 2023 yilda mag‘lub etgan. Shundan keyingi 6 ta o‘yinda forslar O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozona olmagan.
E’tiborlisi, Eronga qarshi bo‘lajak bahsda O‘zbekiston terma jamoasining asosiy futbolchilaridan Otabek Shukurov, Jaloliddin Masharipov, Rustam Ashurmatov va O‘tkir Yusupovlar chaqiruv olmagan. Buning asosiy sababi sifatida Fabio Kannavaro Jahon chempionatidan keyingi jarohatlar va yaxshi o‘yin ko‘rsatmaslik bilan izohladi.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan o‘yindan so‘ng joriy yilning 1 oktyabr kuni Toshkentda Suriya bilan va 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreyaga bahs olib boradi.
Live
Barchasi