Bugun O‘zbekiston BAA bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 15 oktyabr kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 3-bosqich 4-tur o‘yinlari boshlanadi. Mazkur turda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

Bugungi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida turgan Abbosbek Fayzullayev uchrashuv qaydnomasiga kiritilishi va maydonga tushishi mumkin. BAAga qarshi o‘yinda “oq bo‘rilar” ko‘k rangli liboslarda, darvozabon esa yashil rangli libosda harakatlanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-BAA o‘yini soat 19:00 da start oladi. Bahsga Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati qanday baholanayotgani xabar qilingandi.

Mashhur portal talqiniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyodan JCHga chiqish da’vogarlari orasida 4-o‘rinda qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari Jahon chempionati Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made