Bugun o‘zbek shaxmatchilari Jahon chempionligi uchun dona suradi
Sport
−
25 noyabr 2022
6037Bugun, 25 noyabr kuni Isroilning Quddus shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari yakunlanadi. O‘zbekiston jamoasi yirik musobaqa g‘olibligi uchun bahsga kirishadi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilarga hal qiluvchi bellashuvda Xitoy vakillari raqiblik qiladi. Xitoyliklar yarim finalda Ispaniyadan ustun kelishgandi. O‘zbek shaxmatchilari esa yarim finalda Hindiston jamoasini dog‘da qoldirdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi final partiyasi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 18:00da start oladi.
LiveBarchasi