Bugun o‘zbek shaxmatchilari Olimpiada 3-turida dona suradi

Sport

image

Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 3-tur o‘yinlari boshlanadi.

Mazkur turda amaldagi chempion O‘zbekiston erkaklar jamoasi Xorvatiya bilan, ayollar jamoasi esa mezbon vengriyalik shaxmat ustalariga qarshi dona suradi.

Hozircha ikki turdan so‘ng O‘zbekiston jamoalari g‘alabali yurishini davom ettirmoqda.

Bahslar Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jamoalari musobaqaning ikkinchi turida Misr va Angola jamoalaridan ustun kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing