Bugun U-20 O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi
Sport
−
13 fevral 7338 1 daqiqa
Kecha, 12 fevral kuni Xitoy yashil maydonlarida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi bahslari start oldi. Bugun, 13 fevral kuni O‘zbekiston terma jamoasi ham turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
“C” guruhidan o‘rin olgan Farhod Nishonov shogirdlari dastlabki turnida yamanlik tengqurlari bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Eron va Indoneziya jamoalari kuch sinashadi. O‘yin 16:30 da boshlanadi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. 2023 yil Toshkentda o‘tgan turnir finalida mezbonlar Iroq terma jamoasini kichik hisobda taslim etib, qit’a chempioni bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Xitoyda o‘tkazilayotgan hozirgi musobaqa keyingi yil Chili mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani taqdim etadi. Qit’a birinchiligining 4 ta yarim finalchisi kichik mundial ishtirokchisiga aylanadi.