Bugun Toshkentning 3 tumanida gaz o‘chirildi
Jamiyat
−
11 yanvar 2024 7157 1 daqiqa
Bugun, 11 yanvar kuni Toshkent shahrining 3 tumanida gaz o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Bildirilishicha, ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining ba’zi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Jumladan:
Chilonzor tumani (11:00 dan 15:00 gacha):
- bitta ko‘p qavatli uy – 72 ta xonadon;
- ulgurji iste’molchilar soni – 3 ta.
- Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha):
“Habib Abdullayev” MFY 20 ta ko‘p qavatli uylardagi 420 ta xonadon:
- ulgurji iste’molchilar soni – 6 ta.
Sergeli tumani (10:00 dan 16:00 gacha):
- Sug‘diyona-2 ko‘chasi — 80 ta yerli xonadon;
- Fayzli ko‘chasi —102 ta yerli xonadon;
- ulgurji iste’molchilar soni – 4 ta.
"Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi", deyiladi ushbu xabarda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr