Bugun Toshkentning 3 tumani aholisi gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Bugun, 4 may kuni poytaxt Toshkentning Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tufayli quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

  • Yashnobod tumanining “Go‘zal”, “Olmos” mahallalari hududidagi jami 950 ta uy xo‘jaliklarida hamda 8 ta ulgurji iste’molchilarda;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanining Sho‘rtepa, Sh.Burxonov ko‘chalaridagi jami 582 ta uy xo‘jaliklarida hamda 13 ta ulgurji iste’molchilarda;
  • Yangihayot tumanining “Fayzli”, “Olchazor” mahallalari hududidagi jami 361 ta uy xo‘jaliklarida hamda 4 ta ulgurji iste’molchilarda.

“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing