Bugun “The Best” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi
Sport
−
16 dekabr 1056 2 daqiqa
Bugun, 16 dekabr kuni kechqurun Qatar poytaxti Dohadagi Fairmont Katara zalida yilning eng yaxshilarini taqdirlovchi FIFA “The Best” mukofoti topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda eng yaxshi o‘yinchi va murabbiy, shuningdek, Pushkash mukofoti g‘olibi e’lon qilinadi.
Asosiy qiziqish “Yilning eng yaxshi futbolchisi” mukofotiga qaratilgan bo‘lib, unda quyidagi yulduzlar da’vogarlik qilmoqda:
- Usmon Dembele, Ashraf Hakimi, Nunu Mendesh va Vitinya (barchasi PSJ);
- Pedri, Lamin Yamal va Rafinya (“Barselona”);
- Xarri Keyn (“Bavariya”);
- Kilian Mbappe (“Real Madrid”);
- Koul Palmer (“Chelsi”);
- Muhammad Saloh (“Liverpul”).
Shuningdek, taqdirlashda 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi nomi e’lon qilinadi. Ushbu mukofot uchun quyidagi nomzodlar da’vogarlik qilmoqda:
- Xaver Agirre (Meksika terma jamoasi)
- Mikel Arteta (“Arsenal”)
- Luis Enrike (PSJ)
- Xans-Diter Flik (“Barselona”)
- Enso Mareska (“Chelsi”)
- Roberto Martines (Portugaliya terma jamoasi)
- Arne Slot (“Liverpul”)
Bundan tashqari, marosim davomida asosiy sovrindan tashqari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi:
- Eng yaxshi ayollar murabbiyi;
- Eng yaxshi darvozabon;
- Eng yaxshi ayollar darvozaboni;
- Pushkash mukofoti sovrindori;
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili asosiy sovrinlar “Real Madrid” futbolchisi Vinisius Junior hamda “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Aytana Bonmatiga nasib etgan edi.
Live
Barchasi