Bugun Superligada navbatdagi tur start oladi

Sport

image

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Superligasining 4-tur o‘yinlariga start beriladi.

Dastlab, Bekobodning “Metallurg” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:15da boshlanadi. 

Ma’lumot uchun, bekobodliklar o‘tgan turda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Hamidjon Aktamov shogirdlari esa 3-turda Buxoroda durang o‘ynagandi.

Ushbu tur doirasida bugunga belgilangan ikkinchi bahs soat 19:15da start oladi. Bunda Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini sinovdan o‘tkazadi.

E’tiborlisi, har ikkala jamoa ham o‘tgan turda alamli mag‘lubiyatga uchragandi. “Ajdarlar” Toshkentda “Paxtakor”ga so‘nggi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yuborgan holda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, “lochinlar” esa Farg‘onada “Bunyodkor”ga yutqazib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing