Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Bugun Shomurodov va “Roma” chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

Sport

image

Bugun, 13 mart kuni Yevropa ligasida chorak finalchilar nomi aniqlanadi. “Olimpiakos”-“Budyo-Glimt”, “Atletik”-“Roma”, “Latsio”-“Viktoriya”, “Ayntraxt”-“Ayaks”, “Lion”-FKSB, “Tottenxem”-AZ, “Reynjers”-“Fenerbaxche”, “Manchester Yunayted”-“Real Sosedad” o‘yinlari kun tartibidan o‘rin olgan.

“Roma” Bilbaoda chorak final masalasini hal qila oladimi?

Rimning “Roma” klubi Yevropa ligasi 1/8 final javob o‘yinida “Atletik” mehmoni bo‘ladi. Dastlabki o‘yinda so‘nggi daqiqalarda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning goli evaziga rimliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Masala to‘liqligicha hal bo‘lgani yo‘q, sababi “San-Mames”da “Atletik” ham ancha noqulaylik tug‘diradi. Bilbaoliklar ham g‘alaba uchun, keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi. Ushbu o‘yin bugun, 13 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da start oladi.

“Tottenxem” o‘z uyida o‘ynaydi

Londonning “Tottenxem” klubi Yevropa ligasi nimchorak finalida Niderlandiyaning AZ jamoasini qabul qiladi. Dastlabki o‘yinda AZ 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Javob bahsi Londonda va oradagi farq minimalligini hisobga olib, “Tottenxem” keyingi bosqichga chiqish uchun asosiy favorit hisoblanadi. Lekin AZ o‘z uyida London klubini mag‘lub eta olgan va bu ishni mehmonda ham amalga oshirishga harakat qiladi. Mazkur o‘yin 14 martga o‘tar kechasi 01:00 da start oladi.

“Manchester Yunayted” “Old Trafford”da masalani hal qilishga urinadi

San-Sebastyanda bo‘lib o‘tgan Yevropa ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinda “Real Sosedad” “Manchester Yunayted” bilan 1:1 hisobida durang qayd etgandi. “Old Trafford”da bugun javob o‘yini bo‘lib o‘tadi va “Manchester Yunayted” kichik ustunlikka egadek ko‘rinishi mumkin. Ammo “Real Sosedad” ham chorak final uchun borini tashlaydi. Mazkur o‘yin 14 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa ligasi Roma Eldor Shomurodov Atletik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing