Bugun Shomurodov va Husanov yangi klubida debyut qilishi mumkin
Sport
−
29 iyul 2023
8060Bir necha kun oldin Italiyaning “Kalyari” klubi a’zosiga aylangan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov yangi klubida birinchi o‘yinini o‘tkazishi mumkin.
Bugun, 29 iyul kuni “Kalyari” klubi 23 yoshgacha bo‘lgan Yuventus klubi futbolchilariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Shuningdek, Fransiyaning “Lans” klubiga o‘tgan 19 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “Volfsburg”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini qaydnomasiga kiritildi.
“Kalyari” o‘zbekistonlik 29 yoshli hujumchini 9 million yevro evaziga, keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olgan. Husanov esa Fransiya vitse-chempioni hisoblangan “Lans” klubi bilan 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan 4 yillik shartnoma imzoladi. U yangi klubida 25-raqam ostida to‘p tepadi.
“Kalyari” - “Yuventus” (U-23) bahsi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start olsa, “Lans”- “Volfsburg” o‘yini esa soat 18:00 da boshlanadi.
LiveBarchasi