Bugun sayyoramizning mashhur sportchisi uylanyapti
Sport
−
19 Oktyabr 2019 10424 1 daqiqa
Bugun, 19 oktyabr kuni sayyoramizning eng kuchli tennischisi Rafael Nadal hamda uning sevgilisi Mariya Fransiski Perelloning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi.
Nikoh marosimi "La Fortalez"da bo‘lib o‘tadi. Marosimga ko‘plab mashhur insonlar, xususan, Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos hamda qirolicha Sofiyalar ham keladi.
Tadbir yopiq tarzda bo‘lib o‘tadi. Tashrifchilarga to‘yga telefonsiz kelishlari aytilgan.
Ma’lumot uchun, Rafael Nadal 1986 yilda tug‘ilgan. Rafael uch yoshidan tennisga mehr qo‘ygan. U bir necha bor tennis bo‘yicha dunyo reytingini boshqargan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr