Bugun Rossiyaning pullari taqdiri hal qilinadi
Olam
−
14 noyabr 2022
18419Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi bugun, 14 noyabr kuni qayta boshlangan maxsus sessiya doirasida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainani moliyalashtirish uchun foydalanish masalasini muhokama qilmoqchi.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiyning aytishicha, yig‘ilish tashabbuskorlari “Rossiyani javobgarlikka tortish, jumladan, Ukrainaga tovon to‘lash” to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini ilgari surmoqda va ular Bosh Assambleyaga hisobot bermaydigan mexanizm yaratishga harakat qilmoqda.
“G‘arb tashabbusi ortida turgan mantiq ko‘zga yaqqol ko‘rinib turibdi – bizning sobiq g‘arbiy hamkorlarimiz Bosh Assambleya orqali Rossiyaning G‘arbda muzlatib qo‘yilgan aktivlarini o‘zlashtirish (aniqrog‘i, oddiygina o‘g‘irlash) urinishlariga qandaydir qonuniylik ko‘rsatishga harakat qilmoqda”, deydi u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Polyanskiyning qo‘shimcha qilishicha, ular buni milliy darajada, go‘yoki Bosh Assambleyada ifodalangan “xalqaro hamjamiyat irodasi”ga tayanib amalga oshiradi.
Diplomat qabul qilishga tayyorlanayotgan rezolyutsiyani shunday yo‘l bilan o‘g‘irlangan pullardan yangi qurollar sotib olish va Ukrainaning tegishli qarzlarini to‘lashga ishlatish uchun “anjir bargi” deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “G‘arb bloki” loyihani qabul qilishdan oldin munozaralarsiz ishlamoqchi bo‘lgan, biroq Rossiya buning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.
“Oxir-oqibat bahs bo‘ladi. 14 noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 18:00 da BMT veb-TV orqali ko‘rsatuv boshlanadi”, deb yozgan Polyanskiy.
11-maxsus sessiyani davom ettirish talabi Kanada, Gvatemala, Niderlandiya va Ukrainaning doimiy vakillaridan kelib tushgan.
LiveBarchasi