Bugun Ronaldu maydonga tushadi – Romano

Sport

image

Saudiya Arabistoni “Al-Nasr” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bilan birga bugun, 14 fevral kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 22-turi doirasida “Al-Fateh”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinga yo‘l oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Portugaliyalik hujumchi avvalroq “Al-Nasr”ning ketma-ket uchta uchrashuvida (shundan ikkitasi Pro-ligada, bittasi esa Osiyo Chempionlar Ligasida) maydonga tushmagandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu Saudiya Arabistoni Investitsiya jamg‘armasining (PIF) mamlakatdagi bir nechta klublarga nisbatan yuritayotgan siyosatiga norozilik sifatida “Al-Nasr” safida o‘ynamagan. Shuningdek, u jamoaning ayrim xodimlari maoshlarining kechiktirilganidan norozi ekanini ham shu yo‘l bilan bildirgan.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib, hisobida 961 ta gol bor. Portugaliyalik yulduz 2023 yildan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surib, 127 ta o‘yinda 111 ta gol muallifiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Nasr” jamoasi muxlislari Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan “Al-Ittihod”ga qarshi uchrashuv vaqtida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus aksiya o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing