Bugun Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qiladi
Jamiyat
−
09:50 1515 1 daqiqa
Bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat yetakchisining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ochiq muloqotda davlat rahbari tomonidan:
- tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash;
- hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish;
- “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish;
- eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish;
- biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 avgust kuni Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida yangi barpo etilgan Kongress-xoll, uch yulduzli mehmonxona hamda “Xiva Ichan qal’a” qabullar uyi faoliyati bilan tanishgandi.
Live
Barchasi