Bugun poytaxtning turli nuqtalaridagi 12 mahallada “svet” o‘chiriladi
Jamiyat
−
20 iyun 2023
7346Bugun, 20 iyun kuni Toshkent shahrida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari sabab yettita tumandagi 12 ta MFYning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 20 iyun kuni iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Chilonzor tumanining: “Qozirobod” hamda “Ko‘rkam” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Yangihayot tumanining: “Xo‘jauchqun” va “Viqor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Shayxontohur tumanining: “Chorsu” va “Beltepa” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Bektemir tumanining: “Nurliyo‘l” va “Zabardast” MFYlarinjng ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Yashnobod tumanining: “Mirishkor” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumanining: “Mevazor” va “Zakovat” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Uchtepa tumanining: “Nishabariq” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
Shuningdek, xabarda yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytib o‘tilgan.
LiveBarchasi