Bugun poytaxtning qator markaziy ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Bugun, 9 noyabr kuni Toshkent shahrining qator markaziy ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Velomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan 9 noyabr kuni soat 14:30 dan 16:00 gacha ba’zi ko‘chalar transport vositalari harakati uchun yopiq bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Vaqtinchalik cheklov quyidagi ko‘chalarda amal qiladi:

•    Afrosiyob ko‘chasi – Beshyog‘och ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;

•    Shahrisabz ko‘chasi – Oybek ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;

•    Islom Karimov ko‘chasi – Amir Temur xiyobonidan Furqat ko‘chasigacha;

•    Furqat ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha;

•    Beshyog‘och ko‘chasi – Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha.

Shahar hokimligi yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent velomarafon

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing