Bugun poytaxtning ikki tumani elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining ikki tumanida yana ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 12 iyun kuni iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:

• Yakkasaroy tumanining U.Nosir, K.Yashin, Jambil, Tadbirkor hamda Mirahmedova ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

• Yashnobod tumanining Shohsanam, Latofat va Bunyodkor ko‘chalari hududida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘rab chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida joriy yilning 10 iyun kuni 3 tumanida (Mirobod, Yashnobod, Yunusobod), 9 iyun kuni 6 tumanida (Chilonzor, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod), 8 iyun kuni 3 tumanida (Uchtepa, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek), 7 iyun kuni tumanlarida (Bektemir, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor) 6 iyun kuni Bektemir, Chilonzor, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Yakkasaroy tumanlarida yashuvchilar elektr energiyasi ta’minotidan uzib qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent elektr ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing