Bugun poytaxtdagi bir nechta mahallada “svet” o‘chiriladi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul kuni poytaxt Toshkent shahridagi bir nechta mahallada elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Toshkent shahrida uzoq vaqt foydalanishda bo‘lgan kabellar va transformatorlarni modernizatsiya qilish, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olib boriladigan ta’mirlash ishlari sababli quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

• Soat 10:30 dan 15:00 gacha: “Yunusobod” va “Akbarobod” MFYlarida;

• Soat 9:00 dan 16:00 gacha: “A.Qahhor” MFYsida.

“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi fuqarolardan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing