Bugun Pezeshkiyon qasamyod qabul qiladi

Olam

image

Eronning saylangan Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bugun, 30 iyul kuni mamlakat parlamentida qasamyod qiladi.

Marosimda bir qator davlatlar vakillari ishtirok etadi. O‘zbekiston tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov inauguratsiya marosimida qatnashishi kutilmoqda.

Pezeshkiyon konstitutsiyani himoya qilish va o‘z vazifalarini sodiqlik bilan bajarishga va’da beradigan tadbir jonli efirda namoyish etilishi kutilmoqda.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 19 may kuni aviahalokatda vafot etgach, mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari ikki turda o‘tkazildi. 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi raundda Pezeshkiyon Siyosiy maqsadga muvofiqlik kengashi a’zosi Said Jaliliyni mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni Eron Islom Respublikasi oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Pezeshkiyonni yangi Prezident etib rasman tasdiqlagandi. Bu marosimda saylangan prezident nutq so‘zlab, Xomanaiyning buyruqlarini bajarishini ta’kidladi hamda mamlakatdagi siyosiy kelishmovchiliklarga yechim topishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing