Bugun Osiyo chempionatida 6 nafar o‘zbek bokschisi yarim final uchun ringga chiqadi
Sport
−
07 noyabr 2022
3903Bugun, 7 noyabr kuni Iordaniyaning Amman shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 6 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi o‘z jangini o‘tkazadi.
O‘zbekiston vakillarining janglari ro‘yxati:
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Abdumalik Boltayev (Tojikiston) (16:40 dan so‘ng);
-80 kg: Odiljon Aslonov - Chahar Lakshiya (Hindiston) (17:10 dan so‘ng);
-50 kg: Aziza Yoqubova - Nguen Ti Tam (Vetnam) (18:00dan so‘ng);
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Adilhindavi Odai (Iordaniya) (20:40 dan so‘ng);
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Abdulla Rajabov (Kambodja) (20:55 dan so‘ng);
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Ali Alqrib (Quvayt) (22:25 dan so‘ng).Ma’lum bo‘lishicha, -92 kgda
Madiyar Saidrahimovga raqiblik qiladigan Kambodja vakili Abdulla Rajabov aslida o‘zbekistonlik bokschi hisoblanadi.
Janglarda g‘olib bo‘lgan sportchilar qit’a birinchiligining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
LiveBarchasi