Bugun odamlar ajoyib tabiat hodisasiga guvoh bo‘ladi

Bu qiziq

image

Bugun, 2 iyul kuni Yer sayyorasi aholisi Quyoshning to‘liq tutilishiga guvoh bo‘ladi. Tabiatning bu ajoyib hodisasi, ayniqsa, Yerning g‘arbiy yarim sharidan yaxshi ko‘rinadi. Bu haqda Moskva planetariyasi ma’lumot berdi.

Quyosh tutilishi Buenos-Ayres (Argentina) vaqti bilan soat 16:23 da (Toshkent vaqti bilan 00:23 da) boshlanadi va 4 daqiqa 33 soniya davom etadi. Quyosh to‘laligicha yopiladi.

Ushbu hodisani Tinch okeanining janubi-sharqiy qismi, Chili va Argentinadan kuzatgan ma’qul.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 26 dekabrda ham Quyosh tutiladi. Shuningdek, 17 iyul kuni Oy tutilishi hodisasi kuzatiladi. Uni odamlar Rossiya hududidan kuzatishi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh tutilishi

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing