Bugun OCHLda O‘zbekistonning uch klubi o‘yin o‘tkazadi
Sport
−
06 noyabr 2023
3624Bugun, 6 noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasida O‘zbekistonning 3 ta jamoasi – “Nasaf”, “Navbahor” va OKMK klublari maydonga tushadi.
Qarshiliklar o‘z uylarida BAAning “Sharja” klubini qabul qilsa, “Navbahor” va OKMK Eron jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Samvel Babayan shogirdlariga “Nassaji Mozandaron” raqiblik qilsa, Mirjalol Qosimov shogirdlari “Sepaxon”ga qarshi 3 ochko uchun kurash olib boradi.
Hozirga kelib Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 3 ta o‘yindan keyin 6 ochko jamg‘arib, o‘z guruhida 2-pog‘onani band etgan bo‘lsa, OCHLda hali mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan “Navbahor” 7 ochko to‘plab, “D” kvartetida 2-o‘rinda bormoqda. OKMK guruhida esa vaziyat biroz murakkab tus olgan. “S” guruhida hali 1 ochkoga ham ega chiqmagan olmaliqliklar 4-o‘rinni band etgan, biroq “konchilar”da hamon guruhdan chiqish uchun imkoniyat mavjud. OKMK joy olgan guruhda 9 ochko bilan Benzema boshchiligidagi “Al-Ittihod” yetakchilik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Nasaf” - “Sharja” va “Nassaji Mozandaron” - “Navbahor” bahslari Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start olsa, “Sepaxon” - “OKMK” o‘yini 23:00 da boshlanadi.
LiveBarchasi