Bugun OCHLda dastlabki finalchi nomi ma’lum bo‘ladi

Sport

image

Bugun, 22 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida Osiyo chempionlar ligasi dastlabki yarim final javob uchrashuvi o‘tkaziladi.

Unda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi o‘z maydonida Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanadi. 

Ma’lumot uchun Dohada kechgan birinchi o‘yinda "Al Hilol", 4:1 hisobida g‘alaba qozongandi. 
Bugungi bellashuvda mezbonlarning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Ammo "Al Sadd" ham uchrashuv boshlanmay turib qo‘lni ko‘tarmoqchi emas. 

"Al Sadd" tarkibida bugun ikkisi asosiy futbolchi, Bagdad Bunedja bilan himoyachi Abdulkarim Hassan diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmaydi.

"Al Hilol" safida esa jiddiy yo‘qotish yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionlar ligasi Al Hilol al Sadd

Baholaganlar

55

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing