Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
09 avgust 3051 1 daqiqa
O‘zgidromet bugun, 9 avgust kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.
Kunduzi shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 35–40 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa 41–42 darajagacha issiq bo‘ladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi, havo harorati 37–39 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu hududlarda shamol 9–14 m/s tezlikda esadi, havo harorati 26–31 darajani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 37-40 darajagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida 41-42 darajagacha ko‘tarililishi haqida xabar berilgan edi.